18:43 / 30.09.2020
9017

Tojikistonda Artel Avesto Electronics qo‘shma korxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29 sentabr kuni Tojikistonda Artel Avesto Electronics qo‘shma korxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, Tojikiston Respublikasi bosh vaziri  Qohir Rasulzoda, Majlisi milli Majlisi Oli raisi, Dushanbe shahri meri Rustam Imomali qatnashdilar. 

Elektrotexnika uskunalarini ishlab chiqarish sohasida xalqaro hamkorlik yangi cho‘qqilarni zabt etmoqda. Dushanbe shahrida tashkil etilgan Artel Avesto Electronics qo‘shma korxonasi esa buning yorqin misolidir. Bugungi kunda ushbu korxonada changyutgichlar va elektr suv isitgichlarining bir nechta modellari ishlab chiqarilmoqda. 2021 yilda ikkinchi bosqichga o‘tish va televizorlar, hamda kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Yangi korxonaning hatto birinchi bosqichdagi yillik ishlab chiqarish quvvati har kimni hayratga solishi mumkin – 60 000 dona suv isitgich va 50 000 dona changyutgich. Zavod maydoni esa 6000 kv.m. tashkil etadi Alohida aytish lozimki yangi zavodda hozirning o‘zida 140 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Ikkinchi bosqichda esa ish o‘rinlari yanada ko‘paytiriladi.

Yangi Artel zavodida COMI, ULVAC, Inficon kabi xalqaro taniqlikka ega bo‘lgan korxonalarga tegishli ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatilgan. Zavodda qo‘llanilgan zamonaviy texnologiyalar tufayli barcha ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatizatsiyalashtirilgan. Bundan tashqari yangi zavodda ko‘p bosqichli sifat nazorati mavjud, mahsulotlar esa har bosqichda sinchkovlik bilan tekshiriladi.

Alohida aytish joizki, Artel mahsulotlari Tojikistonda ham kafolat muddatiga ega. Endilikda barcha Tojikistonlik iste'molchilar 3 yillik kafolat muddati davomida quyidagi servis xizmatlaridan foydalanishlari mumkin:

  • mutlaq bepul servis xizmati;
  • mahsulotni bepul ta'mirlash xizmati;
  • ehtiyot qismlarni bepul almashtirish.

Kafolat bo‘yicha servis xizmatlari Artel rasmiy servis markazlarida amalga oshiriladi. Tojikistonlik iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida servis markazlari qo‘shni davlatning barcha viloyatlarida tashkil etilgan.

Xalqaro qo‘shma korxona tashkil etilishi nafaqat Artel kompaniyasi yoki davlat iqtisodiyoti rivojlanishiga, balki aholi hayoti darajasi ko‘tarilishiga ham hissa qo‘shadi. Misol qilib aytganda yangi Artel zavodi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: Tojikiston bozorlariga mahsulot yetkazib berishda xarajatlarni pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, chet ellik hamkasblar bilan tajriba almashish va shu tajriba asosida yanada sifatli va funksional mahsulot yaratish. Bularni hisobga olgan holda bugunning o‘zida Artel kompaniyasini raqobatga bemalol dosh bera oladigan xalqaro korxona deb atasa, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Facebook: fb.com/arteluzb

Instagram: @artel_official

Telefon raqami: +99878-148-88-88

Sayt: artelgroup.org

Reklama huquqi asosida

Top