08:31 / 01.10.2020
5848

Toshkent metrosining «Paxtakor» va «Xalqlar do‘stligi» bekatlari oralig‘ida harakat tezligi cheklanganiga izoh berildi

Toshkent metropolitenining «Paxtakor» va «Xalqlar do‘stligi» bekatlari oralig‘idagi poyezdlarning tezligi cheklanganligi to‘g‘risida rasmiy izoh berildi.

Hozirgi vaqtda «Paxtakor» va «Xalqlar do‘stligi» bekatlari oralig‘idagi yer usti hududida «Toshkent Citi» xalqaro biznes markazining qurilishi olib borilmoqda, ko‘p qavatli binolar barpo etilmoqda, deb yozadi «Toshkent metropoliteni» UK.

Qayd etilishicha, metropoliten inshootlariga qo‘shimcha bosim ta'siri ortishining oldini olish maqsadida ushbu yo‘nalish bo‘ylab metro poyezdlarining harakatlanish tezligi kamaytirilgan.

«Xalqlar do‘stligi» bekatidan «Paxtakor» bekatigacha asosiy qurilish ishlari bajarilgan va poyezdlarning loyihada belgilangan tezligi tiklangan.

«Paxtakor» bekatidan «Xalqlar do‘stligi» bekatlarigacha qurilish ishlari davom ettirilmoqda va shu sababli poyezdlarni harakat tezligi kamaytirilgan.

Metropoliten poyezdlarining belgilangan harakat tezligi qurilish ishlari to‘liq yakunlangandan so‘ng tiklanishi aytiladi.

«Toshkent metropoliteni» UK keltirilgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Top