08:32 / 02.10.2020
23562

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.

Safar davomida, shuningdek, bunyodkorlik ishlari, yangi korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov 31 iyul kuni Nukus shahrida, 73 yoshida vafot etdi. Unda 24 iyun kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bemor qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Top