14:45 / 03.10.2020
3456

Google yangiliklardan foydalangani uchun uch yil ichida noshirlarga 1 mlrd dollar to‘laydi

Google keyingi uch yilda noshirlarga ularning yangiliklaridan foydalangani uchun 1 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda. Reuters’ning yozishicha, bu Google’ga dunyoni nazorat qiladigan guruhlar ustidan g‘olib chiqishga yordam berishi mumkin.

Foto: Google

Yangiliklar noshirlari uzoq vaqtdan beri bu qidiruv tizimidan o‘z ma'lumotlaridan foydalangani uchun tovon puli so‘rashmoqda. Google o‘tgan yili qidiruv tarmog‘idan qariyb 162 milliard dollarlik daromad olib, 34,3 milliard dollar foyda ko‘rgan. Tabiiyki, bu noshirlarni bezovta qilgan.

Google noshirlarni Google News Showcase dasturi yordamida moliyalashtiradi. Bu dastur shartnomasini birinchi bo‘lib Germaniyaning qator gazetalari imzoladi. Shuningdek, dastur Belgiya, Hindiston, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarga tarqatildi. Argentina, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Kanada va Germaniyadagi 200ga yaqin noshirlar ham dasturda ro‘yxatdan o‘tdilar.

Nashriyotchilar yangiliklarini o‘z xohishlariga ko‘ra dasturga joylash va uni ishga tushirish orqali Google’dan yangiliklarni moliyalashtirishini so‘rashi mumkin.

Google’ning bu tashabbusi ob-havo va shu turdagi ma'lumotlarni tarqatuvchi nashrlar daromadiga zarar yetkazgani aytiladi.

Top