16:25 / 03.10.2020
6092

«O‘zbekneftgaz»: «Uchqir» majmuasida yiliga 1,5 mlrd kub metr gazni oltingugurt birikmalaridan tozalovchi qurilmaning 6-navbati ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 9 martdagi «2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori doirasida, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Uchqir» gazni oltingugurtli birikmalaridan tozalash majmuasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash quvvatiga ega, Amin yordamida gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmasining 6-navbati ishga tushirildi.

«Uchqir» gazni oltingugurtdan tozalash kompleksining 3 ta quvvati jami 1,5 mlrd kub metr bo‘lgan Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmalari 1, 2, 3-texnologik tarmoqlari bilan ishga tushirilgan edi.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida istiqbolli konlarni ochilishi va tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari oshib borishi sababli, 2011–2013 yillarda har birining quvvati 1,5 mlrd kub metr gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan 4- va 5-navbatlar ishga tushirildi.

Kompleksda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Doyaxotin», «Uchqir», «Ko‘lbeshkak», «Hojiqazg‘on», «Savatli», «Qumli», «Toyloq» konlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz oltingugurt birikmalaridan tozalanib «O‘ztransgaz» AJ magistral gaz quvurlariga uzatiladi.

Bugungi kunda 1-, 3-navbatlar o‘z ishlash muddatlarini o‘tab bo‘lgani sababli, tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalashda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida tabiiy gazni «O‘ztransgaz» AJ magistral gaz quvurlariga uzatishda gazning sifat ko‘rsatkichlarini davlat standartlari mosligi va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ushbu mavjud 1, 2, 3-qurilmalar o‘rniga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilgan holda 6-navbati qurib ishga tushirildi.

Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmasining 6-navbati ishga tushirilishi bilan qayta ishlanayotgan tabiiy gazning sifat ko‘rsatkichi oltingugurt bo‘yicha O‘zDst 948:2016 davlat standarti talablari darajasida bo‘lishi ta’minlanadi.

Tabiiy gazni nordon gazlar (H2S, CO2)dan tozalash texnologik jarayonlari 30-40 foiz MDEA (metildietanolamin) eritmasi yordamida absorbsiya usulida olib boriladi.

Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasining 6-navbati «UZLITI ENGINEERING» MChJ QK loyihasi asosida, bosh pudratchi «Enter Engineering PTE Ltd» tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borildi.

Ma’lumot uchun: Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Uchqir» gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash majmuasi Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida kompleksda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yil boshidan quvvati yiliga 5,0 mlrd kub metr tabiiy gaz bosimini oshirish va haydab berish quvvatiga ega «Uchqir» siquv kompressor stansiyasi, Gazni quritish qurilmasi hamda yillik quvvati 80 ming tonna bo‘lgan Gazdan propan-butan arlashmasi ajratib olish qurilmalari qurilish ishlari bajarilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top