00:41 / 04.10.2020
27200

Koronavirus O‘zbekistonda: 3 oktabr kuni 398 nafar bemor sog‘aydi, 462ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 238 nafar bemordan 54 854 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

3 oktabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 238 (+97) nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

3 oktabr kuni Toshkent shahrida 241 nafar, Toshkent viloyatida 96 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Jizzax viloyatida 15 nafar, Farg‘ona viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shu bilan birga, 3 oktabr kuni 462 holatda kasallik qayd etildi, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 477 nafarga yetdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 238 nafar bemordan 54 854 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 907 nafar bemordan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top