21:19 / 04.10.2020
25042

Misrlik arxeologlar 2600 yillik sarkofagni jurnalistlar oldida ochishdi

Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid Al-Ananiy Qohira yaqinida joylashgan Sakkara nekropolida kamida 59 ta qadimiy sarkofag topilganini ma'lum qildi. Taqdimot Joser ehromi yaqinida o‘tgan. 

Foto: EPA/Vostock-photo

Associated Press nashrining xabar berishicha, arxeologlar maxsus taqdimotda noyob topilmalarni jurnalistlar va diplomatlarga taqdim etishdi va matbuot vakillari ko‘z o‘ngida ulardan birini ochishdi. 

Al-Ananiyning ta'kidlashicha, tobutlarning aksariyatida mumiyolangan jasadlar joylashgan. Ular 2600 yil oldin dafn etilgan.

“Men buni katta arxeologik kashfiyot boshlanishi deb hisoblayman”, deb aytgan vazir va tobutlar topilgan hududda yana ko‘plab sarkofaglar bo‘lishi mumkinligini aytgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Mohamed Hamza 🇪🇬 (@mohamed_master_travel) on

Ma'lum qilinishicha, yorqin bezalgan tobutlar miloddan avvalgi 664-525 yillarda yashagan ruhoniylar, mansabdor shaxslar va elita vakillariga tegishli bo‘lgan. 

Sakkara Kohiradan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u 3 ming yil davomida qabriston sifatida qo‘llangan va Qadimgi Misr poytaxti Memfisning bosh nekropoli hisoblangan. Ushbu obekt hozirda YuNeSKOning Jahon merosiga kiradi. Sakkarada kamida 11 ta piramida hamda Qadimgi Misrning nufuzli va yuqori lavozimli mansabdor shaxslariga tegishli yuzlab sarkofaglar mavjud.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Luxor Times (@luxortimes) on

Mavzuga oid
Top