01:32 / 05.10.2020
11226

APL. «Aston Villa» amaldagi chempion «Liverpul»ni sharmandali hisobda mag‘lub etdi

Foto: PA

Angliya Premer-ligasi 4-turi doirasidagi navbatdagi o‘yinda ham sensatsion natija qayd etildi.

Amaldagi chempion «Liverpul» «Aston Villa» maydoniga safar qilib, qaqshatqich zarbaga uchradi. Uotkinsning het-trigi, Grilishning dubli, Makginn va Barklining gollariga javoban Saloh ikki marta javob bera oldi – 7:2.

Ushbu natijadan keyin Birmingem klubi turnir jadvalida 9 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi, «Liverpul» esa 9 ochko bilan 5-o‘ringa tushdi.

APL. 4-tur.

Aston Villa – Liverpul 7:2

Gollar: 1:0 – 4 Uotkins, 2:0 – 22 Uotkins, 2:1 – 33 Saloh, 3:1 – 35 Makginn, 4:1 – 39 Uotkins, 5:1 – 55 Barkli, 5:2 – 60 Saloh, 6:2 – 66 Grilish, 7:2 – 75 Grilish.
Aston Villa – Martines, Targett, Konsa, Mingz, Kesh (Al-Muhammadi, 80), Duglas Luis (Nakamba, 80), Makginn, Grilish, Barkli, Trezege (Traore, 87), Uotkins.
Liverpul – Adrian, van Deyk, Gomes (Djons, 61), Roberson, Aleksander-Arnold, Fabino, Keyta (Minamino, 46), Saloh, Veynaldum, Diogu Jota, Firmino (Milner, 68).

Mavzuga oid
Top