09:46 / 06.10.2020
7624

AQShda Trampning «koronavirusni yengganiga» atalgan tangalar sotuvga chiqarildi

Foto: SAUL LOEB

“Oq uy suvenirlar do‘koni” (The White House Gift Shop) veb-saytida “Tramp COVID’ni yengdi” deb atalgan tangalar 100 dollardan sotuvga chiqarildi. Ushbu tanga AQSh ma'muriyatiga aloqasi bo‘lmagan do‘konning egasi Entoni Jannini tomonidan ishlab chiqilgan tangalar seriyasining bir qismi hisoblanadi.

Jannini tangani “Trampning hokimiyat tepasiga kelishi va COVID virusi ustidan g‘alaba qozonilishi”ni tasvirlovchi seriyadagi oxirgi tanga deb ta'riflagan. 

“Biz prezident Tramp koronavirusga musbat test topshirgani haqidagi qayg‘uli yangiliklarni eshitganimizdan keyin yana e'tiqod qila boshladik va uning haqiga duo qildik. Biroq biz prezidentimiz bu jangning boshidayoq virusni nokautga uchrata olishini bilgandik”, deb aytgan do‘kon egasi. 

Esdalik tangasi Tramp shifoxonani tark etishidan oldinoq sotuvga chiqqan.

Tramp 5 oktyabrda koonavirusdan davolanayotgan tibbiy markazni tark etdi. U bu yerda 2 oktyabrdan beri qolayotgandi. 

Top