18:33 / 07.10.2020
10832

Olimlar maktab o‘quvchilarining koronavirus yuqtirish ehtimolini baholashdi

Buyuk Britaniyada oxirgi sutkada 14 mingdan ortiq koronavirus yuqtirish holati qayd etildi.

Britaniya hukumati huzuridagi tibbiyot ekspertlari boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining koronavirus yuqtirish ehtimoli ancha pastligi va bolalar orqali virus tarqalishi xavfi sezilar-sezilmas ekanligini bildirishdi.

Buyuk Britaniyada oxirgi sutkada 14 mingdan ortiq koronavirus yuqtirish holati qayd etildi. Hukumat ikkinchi to‘lqin haqida e'lon qildi. Holatlarning aksariyati 17-27 yoshlilar o‘rtasida kuzatilmoqda. Mamlakat hukumati karantin kuchaytirilganida ham maktablar yopilmasligini bildirdi.

"Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining koronavirus yuqtirish ehtimoli chorak yoki yarim baravar kam hamda infeksiya tarqatish ehtimoli bundan ham kamligiga ishonchimiz komil. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari kasallik o‘sishiga ta'sir ko‘rsatmasligi yanada ko‘proq isbotlanmoqda", - dedi hukumat huzuridagi ekspertlar guruhi a'zosi professor Kalum Sempl.

Uning qayd etishicha, o‘rta maktab o‘quvchilari (12 yoshdan kattalar)ning kasallikka chalinishi va yuqtirishi ehtimoli katta yoshlilarga nisbatan kam, ammo yuqori sinf o‘quvchilari bo‘yicha ma'lumotlar "unchalik barqaror emas".  

 Olimlar shu sababli Angliyada olti kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planishga nisbatan joriy etilgan taqiq - "oltilik qoidasi" bolalarga qo‘llanilmasligi kerak deb hisoblashmoqda.

Top