20:26 / 08.10.2020
4362

Xorazm viloyati hokimi Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashdi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ukraina aloqalarining mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya hamkorligi rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta'kidlandi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik,  sanoat va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ukraina bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni yanada rivojlantirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda aviatsiya sohasi uchun malakali  mutaxassislar tayyorlash borasida fikr-mulohazalar bo‘ldi. 

Nikolay Doroshenko tariximiz bilan yaqindan tanishish maqsadida Xiva shahriga ham tashrif buyurdi.

Top