21:08 / 09.10.2020
7419

Dunyo bo‘yicha COVID-19 holatlari bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Eng ko‘p kasallik yuqtirish holatlari Hindiston (70 496ta) va AQShda (52 458ta) qayd etildi.

Foto: AP

Dunyoda yangi koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha surunkasiga ikkinchi kun rekord qayd etilmoqda. O‘tgan sutka davomida 350 766ta yangi holat aniqlandi, deb xabar bermoqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. 

Kecha sutka davomida 338 779ta yangi holat qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eng ko‘p kasallik yuqtirish holatlari Hindiston (70 496ta) va AQShda (52 458ta) qayd etildi.

Worldometers saytining ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 36,9 milliondan oshgan, 1 milliondan ortiq kishi vafot etgan.

 

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top