11:28 / 09.10.2020
117168

Kollej va texnikumlar uchun kontrakt narxlari belgilandi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda tayyorlov yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida bir o‘quvchini o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash, pedagogika, biznes va boshqaruv, san'at, ijtimoiy ta'minot, xizmat ko‘rsatish, jurnalistika va ijtimoiy axborot yo‘nalishlari uchun bir o‘quvchini o‘qitish qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,2 barobarida (4 211 846 so‘m) bo‘ladi.

Tabiiy fanlar, transport, muhandislik ishi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari va informatika, gumanitar fanlar (televideniye yo‘nalishi) yo‘nalishlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,0 barobarida (4 075 980 so‘m) belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va melioratsiyasi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, arxitektura va qurilish, hayotiy faoliyat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida o‘qitish qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,8 barobarida (3 940 114 so‘m) bo‘ladi.

Top