17:29 / 09.10.2020
116616

Nurmat Otabekov yangi lavozimga tayinlandi 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, Xolmamat Norboyev Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Nurmat Otabekov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, Botirjon Qurbonov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari va Qobuljon Hayitov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘ldi.

Nurmat Otabekov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i – O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori sifatida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, prezident qarori bilan Bahodir Yusupaliyev sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiradi.

Top