19:57 / 10.10.2020
58235

Japarov Qirg‘iziston prezidenti yaqin kunlarda iste'foga chiqishini aytdi

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagandi.  

Sooronbay Jeenbekov / Foto: 24.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ikki-uch kun ichida iste'foga chiqishi mumkin. Bu haqda mamlakatning yangi bosh vaziri Sadir Japarov ma'lum qildi.

"Prezident hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanib, u bilan bog‘liq barcha jarayonlar yakunlanishi bilan ikki-uch kun ichida iste'foga chiqishini aytdi", - dedi Japarov jurnalistlarga.

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagandi.  

6 oktabr kuni parlament a'zolarining bir qismi bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini ma'qullab ovoz bergandi.

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top