18:43 / 10.10.2020
13459

Kim Chen In COVID-19 bemorlari yo‘qligi uchun xalqiga minnatdorlik bildirdi

KXDR rahbari Kim Chen In mamlakatda COVID-19 bemorlari yo‘qligi uchun xalqiga minnatdorlik bildirdi va Janubiy Koreyaga ham koronavirusni bartaraf etishni tiladi.

Foto: KCNA

"Fuqarolarimiz mamlakatni va o‘zlarini o‘zlari himoya qildi. Biz boy yashamasak-da, oilalar ahil yashamoqda va birorta ham inson yovuz virus bilan kasallanmadi va hamma sog‘-salomat", - dedi Kim Chen In mamlakat mehnat partiyasi tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda so‘zlagan nutqida.

 Uning qo‘shimcha qilishicha, qiyin sharoitlar va "yetishmovchilik"ka qaramasdan, mamlakat epidemiyaga qarshi keskin choralarni qo‘llashga va tabiiy ofatlar oqibatlari bilan kurashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

"Fuqarolarimiz hamisha partiyadan minnatdor bo‘lgan esa-da, minnatdorlik so‘zlarini eshitishga munosib bo‘lganlar bu sizlar – buyuk fuqarolarimiz", - dedi Kim Chen In.

Kim Chen In shuningdek, Janubiy Koreyaga ham koronavirusdan qutulishni tiladi.

"Janubiy koreyalik sevimli o‘rtoqlarimiz ham sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozni bartaraf etishadi degan umiddaman ", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni chegarani yashirin yo‘llar bilan noqonuniy kesib o‘tgan va Janubiy Koreyadan Keson shahriga qaytib kelgan 24 yoshli erkakda koronavirus aniqlangani e'lon qilindi. Bu KXDRda tan olingan ilk holat bo‘ldi. Bungacha hukumat mamlakat hududi koronavirusdan xoli ekanini ta'kidlab keldi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top