10:58 / 10.10.2020
16185
Reklama

Sovuq tushishidan oldin isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?

Isitish mavsumiga tayyormisiz?

Isitish mavsumi boshlanishiga juda oz vaqt qoldi. Hozirning o‘zidayoq sovuq ob-havoning boshlanishidan oldin o‘z isitish tizimingizni yangilash haqida bir o‘ylab ko‘rganingiz ma'qul. Maqolada biz sizga isitish radiatorlarini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerakligini, har xil tur va modellarning xususiyatlarini aytib beramiz va uyingizga eng mos keladiganini tanlashingizga yordam beramiz.

Zamonaviy isitish tizimlari bozorini uch turga bo‘lish mumkin:

Bimetall radiatorlar: ishonchli va bardoshli

Isitish tizimida yuqori bosim mavjud bo‘lgan ko‘p qavatli uydagi xonadon uchun yaxshi variant. Bimetall radiatorlar 20-50 atmosfera bosimiga dosh berishga qodir. Ular uchun gidravlik zarbalar deb ataladigan jarayonlar qo‘rqinchli emas, chunki alyuminiy asos ostida mustahkam po‘lat quvurlar joylashgan. AKFA Comfort bimetall radiatorlarining model qatori ikkita: Avangard va Castello modellari.

Alyumin radiatorlar: yengil va chiroyli

O‘zingizning uyingiz uchun bu juda yaxshi yechimdir: ular unchalik qimmat ham emas hamda xilma-xil va zamonaviy dizaynga ega.

Alyumin radiatorlarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun 7-8 dan oshmasligi kerak bo‘lgan pH ko‘rsatkichini kuzatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda, vodorod chiqishi bilan alyumin tizimlari uchun halokatli kimyoviy reaksiyalarning oldini olish imkoni bo‘lmaydi. AKFA Comfort alyumin radiatorlarining model qatori uchta: Monza, Classic va Caliente modellari.

Agar biz dizayn haqida gapiradigan bo‘lsak, unda AKFA Comfort Caliente –premium segmentli radiatorlarni taklif etadi. Egilgan shakllarga ega futuristik dizayn uning yaqqol ustunligi hisoblanadi. Bunday radiatorni to‘sish yoki panjara ostida yashirishni hech ham istamay qolasiz. Uning issiqlik tarqatishi esa o‘z segmentidagi eng ommabop modellar bilan solishtirganda 15% yuqori. 

Po‘lat panelli radiatorlar: ixcham va qulay

Po‘lat radiatorlar – bu O‘zbekiston bozoridagi yangilik. Liderline po‘lat panelli radiatorlar avtonom isitish tizimiga mo‘ljallangan va o‘lchamlar qatori kengligi bilan ajralib turadi. Panel tipidagi po‘lat radiatorlar har qanday intererga mukammal tarzda mos keladi. Silliq panellar xonaning muhtashamligi bilan uyg‘unlashgan holda ko‘zga unchalik yarq etib tashlanmaydi. 30 dan 60 sm gacha balandlikda va 40 dan 200 sm gacha uzunlikdagi radiatorlarga buyurtma berish mumkin.

To‘g‘ri ekspluatatsiya qilishda xizmat qilish muddati 30 yilgacha vaqtni tashkil etadi, ishlab chiqaruvchi zavod esa barcha AKFA Comfort isitish radiatorlari uchun 10 yillik kafolatni taqdim qiladi. Barcha AKFA Comfort radiatorlari Milan Politexnika Universiteti tomonidan sinovdan o‘tkazilgan va sertifikatlangan, RosGOST tomonidan ma'qullangan, shuningdek O‘zstandart muvofiqlik sertifikatiga ega.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida AKFA kompaniyasi telegram-botni ishga tushirdi, uning yordamida siz AKFA Comfort mahsulotlar lineykasi bilan batafsil tanishishingiz va uyga yetkazib berish xizmati bilan mahsulotlarni buyurtma qilishingiz mumkin.

AKFA Comfort – sizning qulayligingiz uchun texnologiyalar

Batafsil ma'lumotni mijozlarga xizmat ko‘rsatish axborot markazi +99871 203-00-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki kompaniyaning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

AKFA Comfort'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va har doim eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib turing:

Facebook: fb.com/akfacomfort

Instagram: @akfa_comfort

Batafsil ma'lumot uchun:

Telegram-bot: t.me/akfashop_bot

Telefon: +99871 203-00-00

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top