22:23 / 12.10.2020
10008

Prezident onlayn kinoteatrlar va telekanallarda mualliflik huquqiga rioya etilmasligini tanqid qildi

O‘zbekistonda san'at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanish, undan daromad olish holatlari keng tarqalgan. Ushbu masala 12 oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida intellektual mulk sohasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, oylik to‘lov undiradigan onlayn kinoteatrlarda 30 mingdan ortiq kino, serial, qo‘shiq, multfilmlar joylashtirilgan bo‘lishiga qaramay, bundan mualliflar moddiy manfaat ko‘rmaydi.

Davlat rahbari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Intellektual mulk agentligiga mamlakatda ro‘yxatga olingan ko‘ngilochar saytlar, radio va telekanallarni o‘rganib, mualliflar manfaatlarini ta'minlash vazifasini qo‘ydi.

«Intellektual mulk himoyasini mustahkamlay olsak, bu ham uchinchi Renessansga ishonchli poydevor bo‘ladi», – degan Shavkat Mirziyoyev.

Top