22:30 / 12.10.2020
4923

Pekinga kiruvchilar soni kuniga 500 kishi bilan cheklab qo‘yildi

Pekin ma'muriyati Xitoy poytaxtiga kiruvchilar sonini nazorat qilishga qaror qildi. Endilikda shaharga kuniga faqat 500 nafargacha odamning kirishiga ruxsat beriladi. 

Foto: Getty Images

Pekin ma'muriyati bu qarorni koronavirus tarqalishi xavotiri sababli qabul qilgan. Pekinga xalqaro aviareyslarga qisman ruxsat berilgandan keyin shahar 46 ta reys va 6870 yo‘lovchini qabul qilgan. Yo‘lovchilardan 2 nafarida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq Xitoyning Tsindao shahrida Xitoy tashkil topganining 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan e'lon qilingan ta'tillardan keyin 12 kishida koronavirus aniqlangan. Shu sababli Tsindao ma'muriyati 9,5 mlndan ko‘proq aholiga ega shahardagi barchani koronavirusga tekshirishga qaror qilgan. Pekinning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi pekinliklarga yaqin orada Tsindaoga zaruratsiz bormay turishni tavsiya qilgan.

Top