11:52 / 12.10.2020
15859

Samarqand viloyatiga yangi bosh arxitektor tayinlandi

Samarqand viloyati hokimligida yangi tayinlov amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri buyrug‘iga ko‘ra Hayot Fazliddinovich Mirzoyev Samarqand viloyat Qurilish bosh boshqarmasi o‘rinbosari – viloyat bosh arxitektori etib tayinlandi. 

Samarqand viloyat Qurilish bosh boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, shu paytgacha Samarqand viloyati bosh arxitektori vazifasida ishlab kelgan Bobur Elmurodov Qurilish vazirligiga ishga o‘tgandan so‘ng viloyat bosh arxitektorlik vazifasini S.Narziqulov bajarib kelayotgan edi.

Tadbirda shuningdek, vazirlik tomonidan soha xodimlarining ishchanligini oshirish maqsadida viloyatning shahar va tumani qurilish bo‘limlariga zamonaviy kompyuter, printer va boshqa texnikalar topshirilgan.

Mavzuga oid
Top