19:31 / 12.10.2020
4561

Xitoyning Tsindao shahrida 9,5 million kishini 5 kun ichida koronavirusga tekshirishmoqchi

Xitoyning Shandun provinsiyasida joylashgan Tsindao shahrida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangandan keyin 5 kun ichida shaharning butun aholisidan test olish rejalashtirilmoqda.

Foto: AP Photo / Zhang Nan

2019 yil holatiga ko‘ra, shaharda deyarli 9,5 mln kishi yashagan.

11 oktyabrda mahalliy shifoxonalardan birida 3 ta simptomsiz kasallanganlar aniqlangandan keyin mahalliy ma'muriyat katta ko‘lamli epidemiologik tekshiruvni boshlagan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 377 kishidan koronavirusga tahlil olingan. Natijada yana 5 ta alomatsiz va 4 ta kasallanish belgilari kuzatilgan holat qayd qilingan.

Natijada 12 oktabr holatiga ko‘ra, shaharda hammasi bo‘lib 12 ta kasallanish holati qayd qilingan.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda shahardagi tibbiyot muassasalarining 143 mingdan ko‘proq xodimi va shifoxonadagi yangi bemorlardan test olingan. Testlardan 114 mingdan ko‘prog‘ining javobi chiqqan va ularning barchasi manfiy bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top