23:57 / 14.10.2020
3499

Microsoft qatorasiga uchinchi yil AQShning eng mas'uliyatli kompaniyasi deb topildi

Foto: Getty Images

Microsoft kompaniyasi uchinchi yil AQShning eng mas'uliyatli kompaniyasi deb topildi. Forbes tomonidan tuzilgan eng mas'uliyatli 100 kompaniya reytingining yetakchi beshtaligidan NVIDIA, Apple, Intel va Alphabet ham joy olgan.

Reytingning yetakchi o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Microsoft
2. NVIDIA
3. Apple
4. Intel
5. Alphabet
6. JPMorgan Chase
7. Salesforce.com
8. AT&T
9. Cisco Systems
10. Adobe

Reyting Just Capital notijorat tashkiloti bilan birgalikda tuzilgan. Ro‘yxat AQShning Russell 1000 indeksiga kiruvchi 928 ta kompaniya haqidagi ma'lumotlar tahlili asosida shakllantirilgan.

Reytingni tuzishda kompaniyalar hisobotlari va tadqiqotlardan tashqari, 110 ming amerikalik ishtirokidagi so‘rovnoma natijalaridan foydalanilgan.

Just 100 reytingi 4-marta e'lon qilinmoqda. 2017 yilda unda 1-o‘rinni Intel egallagan. Shundan keyin Microsoft reytingda peshqadam bo‘lib kelmoqda.

Xodimlar bilan mas'uliyatli bo‘lish adolatli ish haqi to‘lanishi, xodimlar rivojlanishiga sarmoya kiritish va ishchi hududning turli-tumanligini ko‘zda tutadi. Mijozlar bilan mas'uliyatlilik esa maxfiylik va zarar yetkazmaydigan mahsulotlar ishlab chiqilishini, aksiyadorlar bilan mas'uliyatlilik esa boshqaruvning halolligi va barcha manfaatdor tomonlar uchun boyliklar yaratilishini, atrof-muhitga nisbatan mas'uliyatlilik esa chiqindilar hajmining qisqartirilishi va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashni anglatadi. 

Top