08:01 / 14.10.2020
9489

O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylandi

Foto: iStock

Kecha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

BMT Yangiliklar markazi ma'lumotiga ko‘ra, quyidagi 15 davlat 2021 yil 1 yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a'zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Rossiya. Senegal, Ukraina, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya.

BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davlat a'zodir. Kengash a'zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Top