19:33 / 15.10.2020
17068

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudi sudyasi vafot etdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudi sudyasi Adham Qodirqulov vafot etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Oliy sud jamoasi marhumning oila a'zolariga ta'ziya bildirgan. Sudyaning vafoti sababi ma'lum qilinmagan.

Bundan avval Yashnobod tuman sudining yosh xodimi Shahboz Turg‘unboyev, Qorao‘zak tuman sudi raisi Muhammetdin Niyetullayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov, Samarqand viloyati Toyloq tuman ma'muriy sudi raisi Timur Irgashev vafot etgani haqida xabar qilingandi.

Top