01:56 / 18.10.2020
9664

La Liga. «Barselona» ham «El Klasiko» oldidan mag‘lub bo‘ldi

Foto: Twitter/GetafeCF

Ispaniya chempionatining 6-turida «Barselona» safarda «Xetafe»ga yutqazib qo‘ydi. Mataning penaltidan urgan goli Madrid jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

«Xetafe» ochkolarini 10taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. 7 ochkosi bor «Barselona» esa 9-pog‘onaga tushdi.

E'tiborlisi, «El Klasiko» oldidan «Real» («Kadis» – 0:1) ham, «Barselona» ham mag‘lub bo‘ldi.

La Liga, 6-tur
Xetafe – Barselona 1:0

17 oktabr, «Kolizeum Alfonso Peres»

Gol: Mata (56, penalti).

Xetafe – Soriya, Olivera, Kabako, Suares, Nom, Arambarri, Kukurelya, Maksimovich, Jyene, Mata (Unal, 71), Kucho (Timor, 89). 

Barselona – Neto, Dest, Serji Roberto (Puch, 87), Langle, Pike, de Yong (Breytueyt, 80), Buskets, Pedri (Koutino, 62), Dembele (Fati, 62), Grizmann (Trinkau, 80), Messi.

Ogohlantirishlar: Pike (24), Mata (27), Kabako (28), Roberto (41), Nom (73), Oliveyra (90+3), Dest (90+7).

Top