10:35 / 19.10.2020
17183

Irrigatsiya institutining Buxoro filiali direktori 52 yoshida vafot etdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali direktori vafot etdi.

Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, texnika fanlari doktori, professor Nusrat Murodov 52 yoshida olamdan o‘tgan. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytilmagan.

Nusrat Murodov 1968 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan, 1992 yilda Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasini tugatgan. 

U Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati hokimligi va keng jamoatchiligi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Top