21:57 / 19.10.2020
8694

Parijda o‘qituvchining o‘ldirilishi bo‘yicha ish doirasida to‘rt o‘quvchi qo‘lga olindi

Politsiya ushbu ish doirasida jami o‘n besh nafar shaxsni qo‘lga olgan.

Foto: AFP

Parijda geografiya va tarix o‘qituvchisi Samyuel Petining o‘ldirilishi bo‘yicha jinoyat ishi doirasida o‘rta maktabning to‘rt nafar o‘quvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

 Nashrning yozishicha, politsiya ushbu ish doirasida jami besh nafar shaxsni qo‘lga olgan va hibsga olinganlar soni 15 nafarga yetgan.

 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron dushanba kuni Yelisey saroyida Patining oila a'zolarini qabul qildi. U marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.

 Qotillik 16 oktyabr kuni Konflan-Sent-Onorine shahridagi Kollej-Bua-d'Oln o‘quv muassasasida sodir bo‘ldi.  

BFM TV telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘qituvchini o‘ldirishda gumon qilinayotgan yigitning ismi Abdulloh Anzorov. 2002 yilda tug‘ilgan chechen millatiga mansub yigit yoshligida oilasi bilan Rossiyadan Fransiyaga ko‘chib kelgan.

Fransiya OAVning yozishicha, o‘qituvchi avvalroq o‘zining darslaridan birida so‘z erkinligining namoyishi sifatida Muhammad alayhissalomning karikatura qilingan rasmini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng unga tahdidlar boshlangan.

Top