12:08 / 19.10.2020
10120
Reklama

Qishloq xo‘jaligini John Deere kompaniyasi texnikalari bilan raqamlashtiring

Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalar va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti. O‘z navbatida jahondagi ilg‘or John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi dileri “Landtech” XK respublika fermerlari va dehqon xo‘jaliklariga raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.

15 oktabr kuni Jizzax viloyatida joylashgan Silverleafe klasterida o‘tkazilgan tadbirda kompaniyaning paxta terish uchun mo‘ljallangan CP690 kombayni va yerga ishlov berishning aniq AMS SYSTEM tizimi taqdimoti o‘tkazildi. Unda turli vazirlik va idora vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirning dolzarbligi shundaki, 22 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerak”, - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirning o‘tkazilishi prezident tashabbuslarining John Deere tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, kompaniyaning halollik, sifat, sadoqat va novatorlik kabi asosiy tamoyillariga amal qilib, milliy iqtisodiyotning raqamlashtirilishi jarayonlarini tezlashtirishda ham bevosita ishtirok etayotganligini namoyon etadi.

John Deere kompaniyasining rasmiy dileri, “Landtech” XK tijorat direktori Botir Isroilovning ta'kidlashicha, mazkur taqdimotni o‘tkazishdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni qo‘llashdan iborat.

“Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni qo‘llash ish kuchini kamaytirib, traktor, kombaynlar yordamida paxtani ko‘proq terish, yerga ishlov berish imkoniyatini yaratadi. So‘nggi ikki yilda olib kelingan texnikalarning deyarli 80 foizi John Deere'ning telematik tizimlari bilan jihozlangan. Mijozlarga texnikaning dalada qilayotgan ishini kuzatib borish imkoniyatini beradi”, - dedi Botir Isroilov.

John Deere kompaniyasi bilan bir necha yillar davomida hamkorlik qilib kelayotgan “Sulton” fermer xo‘jaligi rahbari Nuriddin Hojibekov kompaniya texnikalari sifati a'lo darajada ekanini aytib o‘tdi.

“Ikki yildan beri John Deere kompaniyasi bilan ishlayman. Bizda mazkur kompaniyaning paxta terish mashinasi bor. Bir kunda 1000 nafar odam teradigan paxtani bitta kombayn teradi”, - dedi Nuriddin Hojibekov.

Taqdimot davomida texnikalarning texnik jihatlari to‘g‘risida ham ma'lumot berildi. Jumladan, kombaynlar AMS va JD-link tizimlari bilan jihozlangan. Tizim texnika qanday ishlayotgani, bir gektarga qancha yoqilg‘i sarflanayotganini aniqlash imkonini beradi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Jon S.Makgregorning ta'kidlashicha, paxtaning raqamlashtirilgan texnikalarda terilishi xalqaro tashkilotlar talablariga to‘liq javob beradi.

“Yevropa, Sharqiy Osiyo va Amerika O‘zbekiston paxtasining qanday terilganiga alohida e'tibor qaratadi. Bu texnikalar esa paxta qayerda va qanday usulda terilgani to‘g‘risida, ya'ni majburiy mehnat orqali emas, balki texnika orqali terilgani haqida aniq ma'lumotlarni taqdim etadi. Biz bugun paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanilmayotganiga amin bo‘lyapmiz. Bu esa dunyodagi mashhur kiyim tikishga ixtisoslashgan yirik brendlarning o‘zbek paxtasiga bo‘lgan ishonchini oshiradi”, - dedi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori.

Tadbir doirasida Silverleafe klasteri va John Deere hamda “Landtech” XK va “Hamkormazlizing” lizing kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shuningdek, John Deere kompaniyasi Jizzaxning “So‘g‘diyona” ayollar futbol jamoasining homiysiga aylandi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, paxta yig‘im-terimida raqamli texnologiya va maxsus texnikalardan foydalanish hosilni sifatli va tez terib olish imkoniyatini beribgina qolmay, balki o‘zbek paxtasining eksport ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi.

Reklama huquqi asosida

Top