09:38 / 19.10.2020
41181

Surxondaryoda kanalga tushib ketgan avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Bir oilaning to‘rt a'zosi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2020 yil 18 oktabr kuni soat 23:00da Surxondaryo viloyati Angor tumani “Qorabog‘” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB xabariga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi “Neksiya-3” mashinasini “Samarqand-Termiz” yo‘nalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘nalishdan chiqib ketgan va yo‘l bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan. Avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Natijada, transport vositasi haydovchisi I.I., uning 1993 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i F.A. hamda voyaga yetmagan farzandlari, 2016 yilda tug‘ilgan S.O‘. va 2017 yilda tug‘ilgan S.I. og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 19 oktabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top