14:46 / 21.10.2020
24645

Qirg‘iziston bosh prokurori muddatidan avval lavozimidan ozod qilindi

 O‘tkurbek Jamshitov "muddatidan avval" va "o‘z xohishiga ko‘ra" lavozimidan ozod qilingan.

Foto: Akipress

Qirg‘iziston parlamenti mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitovni lavozimidan muddatidan avval ozod qilinishi uchun ovoz berdi.

 E'lon qilinishicha, Jamshitov "muddatidan avval" va "o‘z xohishiga ko‘ra" lavozimidan ozod qilingan.

 Qirg‘izistonda 4 oktyabrda o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng saylov natijalaridan norozi partiyalar vakillari Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirdi. Buning ortidan bosh vazir Kubatbek Boronov va parlament spikeri Dastanbek Jumabekov iste'foga chiqdi.

 14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni bosh vazirlikka tayinladi.

 Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.

 Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.

 Respublika markaziy saylov komissiyasi 21 oktabr kuni saylov natijalarini bekor qildi va 20 dekabrda takroriy saylovlar o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top