10:53 / 21.10.2020
5353

Qirg‘izistonda parlamentga takroriy saylovlar qachon bo‘lishi ma'lum qilindi

Foto: inbusiness.kz

Qirg‘iziston parlamenti – Jogorku Kengashga bo‘lib o‘tadigan takroriy saylovlar 2020 yilning 20 dekabr sanasiga belgilandi. Ushbu qaror 21 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan.

Mamlakatda parlament saylovlari 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 4 ta partiya Jogorku Kengashdan joy olgan.

Biroq natijalardan norozi bo‘lgan boshqa partiyalarning talabi va Bishkekda boshlangan namoyishlardan so‘ng 6 oktabr kuni Qirg‘iziston MSK saylov natijalarini bekor qilgan.

Top