16:22 / 24.10.2020
8497

Bayden AQSh tarixidagi eng serxarajat nomzod bo‘ldi

Sobiq vitse-prezident oxirgi yilda birgina televizion reklamaning o‘ziga 582 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

Foto: Mike Blake / Reuters

Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga da'vogar Jo Bayden mamlakat tarixidagi eng serxarajat nomzod bo‘ldi. Bundan Advertising Analytics kompaniyasi tadqiqotlari darak bermoqda, deb yozadi The Hill.

 Sobiq vitse-prezident oxirgi yilda birgina televizion reklamaning o‘ziga 582 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Bunda so‘nggi haftadagi xarajat 45 million dollarni tashkil etgan. Uning ixtiyorida televideniye orqali chiqish qilish uchun yana 57 million dollarlik efir vaqti bor.

Uning raqibi Donald Trampning xarajatlari esa ancha kamtarona. Amaldagi prezident oxirgi ikki yilda 342 million dollar sarflagan.

Oxirgi haftada nomzodlar telereklama va internetdagi reklama uchun 160 million dollar sarflagan. Bunda Tramp Facebook va Google orqali reklamaga Baydenga nisbatan ko‘proq xarajat qilgan — 14 million dollar (Bayden 12,7 million dollar).  

 AQShda prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

CNN o‘tkazgan so‘rov ishtirokchilarining 57 foizi Baydenga, 41 foizi Trampga ovoz berishini bildirgan. Ammo Tramp so‘rovlar haqiqiy holatni ifodalamasligini ta'kidlamoqda. 

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top