08:06 / 24.10.2020
22376

Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, polkovnik O‘tkirbek Yunusaliyevich Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Tayinlovga qadar O‘tkirbek Xolboyev Milliy gvardiya Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bo‘linma komandirining xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar podpolkovnik Qudratjon O‘rinboyev Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Top