12:35 / 26.10.2020
2761

Avaya umumlashgan aloqa tizimlari orqali biznesingiz darajasi va rivojlanishini tezlashtiring

O‘zbekistonda pandemiya oqibatlarini eng ko‘p his qilgan soha biznes sohasi bo‘ldi. Buning hayratlanarli jihati yo‘q. Axir yillar davomida yo‘lga qo‘yilgan biznes jarayonlarining izdan chiqishi va to‘xtab qolishiga hech kim tayyor emasdi. Biroq zamonaviy texnologiyalar biznesni qayta tiklashga yordam beribgina qolmay, kompaniyaning gullab-yashnashi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Umumlashgan aloqa tizimi sohasida yetakchi bo‘lgan Avaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, xodimlarning 86 foizi o‘z muvaffaqiyatsizligini aloqaning yomonligi bilan izohlaydi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, bir qarashda ikkinchi darajali bo‘lib ko‘ringan mazkur muammoni bartaraf etish orqali xodimning ish samaradorligi va biznesingiz muvaffaqiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin. Hamkorlikdagi faoliyat va ishchanlik darajasini oshirish siz o‘ylagandan osonroq. Buning uchun xodimlarning kommunikatsiya strategiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va buning uchun o‘z ishining professionallari, masalan, Softline Uzbekistan`ga murojaat etish kifoya.

O‘zbekiston uchun o‘ziga xos yuqori Avaya hamkorlik mavqeiga ega Softline kompaniyasi o‘z mijozlariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatadi. Gap tatbiq etish, ko‘mak ko‘rsatish, loyihaning har bir bosqichida mahalliy muhandislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash, qurilmalarni yetkazish va litsenziyalash haqida ketyapti. Endilikda umumlashgan aloqa tizimlari, telefoniyada, videokonferenaloqadan foydalanish yanada oson va samarali tus oldi. Murakkabliklar qancha kam bo‘lsa, ish unumdorligi borasidagi xatar va yo‘qotishlar kamroq bo‘ladi. Xodimlaringiz esa uzluksiz aloqa va ish uchun a'lo darajali instrumentlarga ega bo‘lishadi. Bu esa ularga mijozlar manfaatlarini yaxshiroq himoya qilish va brendingiz obro‘sini oshirish imkonini beradi.

Nima uchun aynan Avaya?

Avaya – biznes kommunikatsiyalar sohasidagi jahon yetakchilaridan biri. U raqobat borasida siz uchun afzallik yaratib, uni siz uchun qulay usulda amalga oshiradi.

  • Yirik jahon banklarining 20 tadan 19 tasi Avaya yechimlaridan foydalanadi
  • Avaya yechimlari har daqiqada o‘rtacha 15 million qo‘ng‘iroqni qo‘llab-quvvatlaydi
  • Fortune 100 ro‘yxatidagi kompaniyalarning 90 foizidan ortig‘i Avaya yechimlaridan foydalanadi
  • Avaya umumlashgan aloqa tizimlarining 139 million kanallari butun dunyo bo‘ylab mijozlarga tarqatiladi

Kompaniya u qadar katta bo‘lmagan va kompleks infratuzilmaviy loyihalar borasida har tomonlama tajribaga ega. Avaya`ning umumlashgan aloqa tizimlari sohasidagi yetakchilik mavqei Gartner Magic Quadrant, Aragon Research Globe™, shuningdek, IDC MarketScape: Worldwide Unified Communications and Collaboration Vendor Assessment tadqiqotlarida tan olingan.

Avaya zamonaviy texnologiyalarga faol tarzda sarmoya kiritadi va ularni qo‘llagan holda innovatsion mahsulot va yechimlarni ishlab chiqadi. Jarayonlarni avtomatlashtiring, sun'iy idrok va internet imkoniyatlarini qo‘llang, mashina vositasida o‘rganish yordamida samaradorlikni oshiring. 4800 dan ortiq patentga ega bo‘lgan Avaya innovatsiyalari biznesingizni bugun va kelajakda qo‘llab-quvvatlashga qodir.

Ochiq ekotizim API ochiq interfeyslari, SDK ishlanmasi to‘plamlari va standartlar asosidagi keng imkoniyatlar yordamida yechimlarni integratsiya qilish va mijozga moslashtirish imkonini beradi.

Avaya ega bo‘lgan mahsulotlar keng portfelidagi yechimlarni eng katta va eng kichik kompaniyalari ehtiyojlariga moslashtirib sozlash mumkin. Avaya umumlashgan aloqa tizimlari mijozning ma'lumot markazida, bulutda yoki gibrid versiyada umumlashgan aloqa tizimlarini joylashtirishga qodir.

Avaya va Softline Uzbekistan bilan biznesingizga o‘sish va takomillashish imkonini bering.

O‘zingizga qulay usulda bizning konsultant bilan bog‘laning: marketinguzb@softline.com elektron pochtasi +99890 014 21 22 yoki telefon raqamlari orqali.

Yoki https://softline.uz/solutions/it-infrastruktura/unifitsirovannyie-kommunikatsii-ot-avaya saytida ariza qoldiring

Softline Uzbekistan kompaniyasi haqida:

Softline v Uzbekistane kompaniyasi 2004 yildan beri informatsion texnologiyalar bozorida faoliyat yuritib kelmoqda va keng turdagi litsenziyalangan dasturiy ta'minot savdolari sohasida yetakchi o‘rinni egallaydi.

IT-infratuzilmani samarali qurish uchun texnologik IT-yechimlar, dasturiy ta'minotni litsenziyalash, apparat ta'minoti va xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etadi.

Biz:

Mijozlarga – zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanish hisobiga raqobatbardosh bo‘lish

Xodimlarga – texnologik, yetakchi kompaniyada o‘zini xodim sifatida rivojlantirish

Davlatga – hech bir davlat IT infratuzilmasisiz rivojlana olmaydi. Biz IT sohasini qurishga mas'ulmiz va mamlakatimizda biznesni rivojlantirish uchun investitsiya kiritamiz.

Ishlanmalar mualliflariga – noyob marketing va sotish kanaliga ega bo‘lishda yordam beramiz.

Biz mijozlarimiz biznesini zamonaviy informatsion texnologiyalar asosida yanada samarali transformatsiyasini ta'minlaymiz.

Biz butun dunyoda to‘g‘ri va zarur biznes quramiz!

www.softline.uz

Avaya kompaniyasi haqida:

 Har bir muvaffaqiyatli tashkilot asosini eng yaxshi mijozlar bazasini ta'minlaydigan biznes jarayonlar tashkil etadi. Raqamlashtirilgan davrda bunday biznes jarayonlar uning asosidagi texnologiyalarga bog‘liq. Avaya Holdings Corp. (NYSE: AVYA) yechimlari asosidagi aloqa tizimlari har kuni millionlar va millionlab aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Mana 100 yildirki biz butun dunyodagi tashkilotlarning xodimlari va mijozlari uchun intellektual tizimlarni ishlab chiqish orqali muvaffaqiyatga erishishda yordam berib kelyapmiz. Avaya ochiq, konvergent va innovatsion yechimlari hamkorlikdagi ish jarayoni samaradorligini osonlashtiradi va uning unumdorligini oshiradi va bulutda, mijozning ma'lumot markazida yoki gibrid versiyada joylashtirishda yuqori moslashuvchanlikka ega. Biz – Fortune ro‘yxatining yuqori o‘rinlaridan joy olgan kompaniyalar samarali korporativ aloqa tizimlarini tashkil qilish borasida ishonch bildirgan texnologik kompaniyamiz.

 Batafsil: www.avaya.com/ru orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top