17:55 / 26.10.2020
7866

MIB: 1,3 mlrd so‘m qarzning bir qismi kafildan undirildi

Tadbirkor bank kreditini qarzdorning o‘zi to‘lashi kerakligini qanchalik xohlamasin, aynan o‘zi kredit olishda kafil bo‘lganligi bois sud qarori asosida garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk bino-inshootlari xatlash ijro harakatlari boshlangan.

Foto: MIB

«Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limi ish yurituvida javobgar «Firdavs Hilol Fayz» MChJ va qo‘shimcha javobgar «Muktafin» xususiy korxonasidan «Mikrokreditbank» ATB Farg‘ona viloyati filiali foydasiga 1 mlrd 250 mln so‘m kredit qarzi va 53 mln 750 ming so‘m foizi jami 1 mlrd 317 mln so‘m qarzni undirish haqidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 21.12.2019 yilda chiqarilgan ijro varaqasi ijrosi bo‘yicha ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Majburiy ijro harakatlari jarayonida «Firdavs Hilol Fayz» MChJ tomonidan bankdan kredit olishda garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk bino-inshootlari xatlangan va elektron onlayn savdolarda bir qismi sotilib, bir qismi qarzdordan undirilgan. Shunda 278 mln so‘m kredit qarzi qoplanmasdan qolgan.

Mana endi majburiy undiruv navbati kafil tadbirkor «Muktafin» xususiy korxonasi rahbari A.S.ga kelgan. U «Firdavs Hilol Fayz» MChJ bankdan kredit olishi uchun Toshloq tumani Sadda qishlog‘ida joylashgan bozor bahosi 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan tikuvchilik sexi bino-inshootlarini garovga qo‘ygan edi.

Tadbirkor A.S. bank kreditini qarzdorning o‘zi to‘lashi kerakligini qanchalik xohlamasin, lekin aynan o‘zi kredit olishda kafil bo‘lgani bois sud qarori asosida garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk bino-inshootlarini xatlash ijro harakatlari boshlangan.

Shundan so‘ng, A.S. 278 mln so‘m kredit qarzini naqd shaklda Byuroning tuman bo‘limiga keltirib berdi va sud qarori ijrosi to‘liq ta'minlandi. Ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlanib, ijro varaqa sudga qaytarildi», deyiladi MIB matbuot xizmati Kun.uz caytiga taqdim etgan ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top