12:23 / 27.10.2020
7382

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni yil boshidan buyon 108 mingga ko‘paygan

Pensiya jamg‘armasi 16 mingdan ortiq fuqaroning pensiya ishlarini tekshirish natijasida 25 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovlar hisobdan chiqarilgani haqida ma'lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati tomonidan tizim bo‘yicha 2020 yilning yanvar-sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Pensiya jamg‘armasining 2020 yilni yanvar-sentabr oylari bo‘yicha daromadlar rejasi 14 727,5 mlrd so‘m bo‘lib, ijrosi 15 267,6 mlrd so‘mni (shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 135,6 mlrd so‘mni) tashkil etgan yoki ijro belgilangan parametrga nisbatan 103,7 foizga bajarilgan.

2020 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 mln 785 ming 520 nafarga yetib (yil boshiga nisbatan 107 779 nafarga ko‘paygan), aholi sonidagi ulushi 11,1 foizni tashkil qilgan (shundan, 3 mln 399 ming 928 nafari pensiya va 385 ming 592 nafari nafaqa oluvchilar).

2020 yil yanvar-sentabr oylarida 239 ming 216 nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan (shundan, 164,1 ming nafariga yoshga doir pensiya va 9,3 ming nafariga yoshga doir nafaqa tayinlandi).

2020 yil 20 aprel holatiga ko‘ra, 16 mingdan ortiq fuqaroning pensiya ishlarini tekshirish natijasida aniqlangan 25 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovlar hisobdan chiqarilgan.

Pasport va ishonchnoma amal qilish muddatlari tugagan 49 mingdan ortiq fuqarodan hamda 64 ming nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslardan hujjat talab etilmasdan to‘lovlar 2020 yil 1 sentyabrga qadar uzaytirilgan.

Top