03:06 / 28.10.2020
11965

YeChL. «Real»dan kambek, «Liverpul», «Bavariya» va «Manchester Siti»da g‘alaba, «Inter»da durang

Foto: Getty Images

Chempionlar Ligasining 4ta guruhida 2-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.

A guruhida «Atletiko» o‘z uyida «Zalsburg» bilan jangovar bahsda Felishning gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi. «Bavariya» Moskvada og‘ir o‘tgan o‘yinda yakunda 3 ochko oldi.

V guruhida «Real» kutilmaganda ikkinchi turda ham g‘alaba qozona olmadi. Madrid klubi safarda «Borussiya» M bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «Inter» Donetskda «Shaxtyor» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

S guruhida kutilgandek favoritlar g‘alaba qozonishdi. «Manchester Siti» safarda «Marsel»ni, «Portu» o‘z uyida «Olimpiakos»ni mag‘lub etdi.

D guruhida «Liverpul» deyarli ikkinchi tarkib bilan «Midtyulland» ustidan g‘alaba qozondi. «Atalanta» esa «Ayaks» bilan bahsda irodali durangga erishdi.

YeChL, 2-tur, 27 oktabr

A guruhi 

Atletiko – Zalsburg 3:2
Gollar: Lorente (29), Felish (52, 85) – Soboslai (40), Berisha (47).
Atletiko – Oblak, Tripper, Lodi (Ermoso, 82), Felipe, Savich, Errera (Torreyra, 82), Koke, Korrea, Lorente, Felish, Suares (Lemar, 82). 
Zalsburg – Stankovich, Ulmer, Veber (Ongyuen, 64), Kristensen, Ramalo, Yunuzovich (Ashimeru, 63), Mvepu, Soboslai, Kamara, Berisha, Daka (Koyta 30, Okafor 83).

Lokomotiv M – Bavariya 1:2
Gollar: Miranchuk (70) – Goretska (13), Kimmix (79).
Lokomotiv – Gilerme, Serkeyra, Jivoglyadov, Rybus, Ignatev (Jyemaletdinov, 76), Krixovyak, Miranchuk, Kulikov (Lisakovich, 89), Chorluka (Raykovich, 46), Ze Luish, Smolov (Ribchinskiy, 75). 
Bavariya – Noyyer, Pavar, Zyule, Alaba, Lyuka Ernandes, Goretska (Xavi Martines, 46), Kimmix, Myuller (Gnabri, 46), Tolisso, Koman (Duglas Kosta, 69), Levandovski.

V guruhi

Borussiya M – Real 2:2
Gollar: Tyuram (33, 58) – Benzema (87), Kazemiro (90+3).
Borussiya M – Zommer, Elvedi, Ginter, Layner, Bensebaini, Hofmann, Kramer, Shtindl (Volf, 79), Noyhaus, Plea (Embolo, 79), Tyuram (Hermann, 71). 
Real – Kurtua, Ramos, Varan, Mendi, Vaskes, Kazemiro, Kroos (Modrich, 71), Asensio (Rodrigo, 84), Valverde, Vinisius (Azar, 70), Benzema.

Shaxtyor – Inter 0:0
Shaxter – Trubin, Dodo, Bondar, Xocholava (Matviyenko, 62), Korniyenko, Markos Antonio, Solomon, Tete, Maykon, Dentino (Tayson, 15), Marlos (Patrik, 88). 
Inter – Handanovich, Hakimi, Bastoni, de Vrey, Yang (Pinamonti, 86), Barella, Vidal (Eriksen, 79), Brozovich, D`Ambrozio (Darmian, 79), Martines (Perishich, 72), Lukaku.

S guruhi

Marsel – Manchester Siti 0:3
Gollar: Ferran Torres (18), Gundo‘g‘an (76), Sterling (81).
Marsel – Mandanda, Amavi, Sakai, Balerdi, Kamara, Toven (Payyet, 78), Ronjye (Sanson, 64), Chaleta-Tsar, Radonich (Benedetto, 78), Alvaro Gonsales, Kyuizans (Guyye, 85). 
Manchester Siti – Ederson, Ruben Diash, Laport (Stounz, 77), Uoker, Zinchenko (Kanselu, 68), Foden, de Bryuyne (Palmer, 82), Sterling, Go‘ndo‘g‘an (Silva, 78), Ferran Torres (Mahrez, 77), Rodri.

Portu – Olimpiakos 2:0
Gollar: Viyeyra (11), Serjiu Oliveyra (85).
Portu – Marchesin, Mbemba, Manafa, Pepe, Sanusi, Otavio (Gruyich, 70), Uribe, Korona (Evanilson, 70), Fabiu Viyeyra (Nakadzima, 60), Marega, Serjiu Oliveyra (Baru, 89). 
Olimpiakos – Joze Sa, Xolebas (Vinagre, 70), Ruben Semedu, Sisse, Rafinya, Buxalakis (Rodrigesh, 84), Ranjyelovich (Bruma, 70), Masuras (Fortunis, 53), Mvila, Valbuena (Koka, 84), El-Arabi. 

D guruhi 

Liverpul – Midtyulland 2:0
Gollar: Jota (55), Saloh (90+3, penalti)
Liverpul – Alisson, Roberson, Gomes, Aleksander-Arnold, Fabino (Uilyams, 30), Milner, Shakiri, Jota (Firmino, 81), Henderson (Veynaldum, 46), Minamino (Saloh, 60), Origi (Mane, 60). 
Midtyulland – Andersen, Andersson, Svyatchenko, Shols, Paulino Silva, Sisto (Evander, 72), Mabil (Anderson, 66), Oneka, Dreyyer, Kayuste (Krayev, 81), Kaba (Pfeyfer, 81).

Atalanta – Ayaks 2:2
Gollar: Sapata (54, 60) – Tadich (30, penalti), Traore (38).
Atalanta – Sportello, Hatebur, Toloi, Gimshiti, Gozens, Ilichich (Malinovskiy, 78), Froyler, Gomes (Muriel, 78), Pashalich, Romero, Sapata. 
Ayaks – Onana, Mazraui (Klayber, 56), Shyurs, Blind, Talyafiko, Tadich, Klassen, Antoni, Gravenberx, Neres (Promes, 69), Traore.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top