12:18 / 29.10.2020
18947

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi hududlar ma'lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi hududlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 9 oyida Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (790,2 ming tonna mahsulot).

Bildirilishicha, Samarqandda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lsa (1162,5 ming tonna), Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (195,7 ming tonna).

Shuningdek, Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (512,1 ming tonna), Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (417,5 ming tonna).

Bundan tashqari, Samarqandda eng ko‘p uzum (479,0 tonna), Qashqadaryoda eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda - 221,4 ming tonna), Samarqandda eng ko‘p sut olingan (982,1 ming tonna).

Toshkent viloyatida eng ko‘p tuxum olingan (987,2 million dona), Xorazmda eng ko‘p baliq ovlangan (7 909 tonna).

Statqo‘m xabariga ko‘ra, Samarqandda 1586,1 ming bosh yirik shoxli qoramol bor, Qashqadaryoda 4583,4 ming bosh qo‘y va echkilar bor, Toshkent viloyatida eng ko‘p – 51 105 bosh otlar bor.

Top