20:56 / 30.10.2020
4696

AQShda prezident saylovlari arafasida qurol savdosi keskin oshdi

AQShda 3 noyabrda o‘tadigan prezident saylovlari arafasida o‘qotar qurol va o‘q-dori savdosi keskin oshdi. 

Foto: Pixabay

Sky News nashrining xabar berishicha, FQB ma'lumotlari saylovlar arafasida qurol savdosi hajmi 2 martaga oshganini ko‘rsatmoqda. Buning ortida AQShdagi eng yirik super marketlar tarmog‘i Walmart xavfsizlik nuqtai nazaridan, o‘z do‘konlari peshtaxtalaridan qurollarni yig‘ishtirib oldi. 

“Biz ko‘plab tartibsizliklar guvohi bo‘ldik va hamkorlarimiz hamda mijozlarimiz xavfsizligi uchun ehtiyot chorasi sifatida savdo zallaridan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni olib tashladik”, deb aytilgan Walmart bayonotida.

Prezident saylovlari arafasida qurol savdosi oshgani odamlarning o‘z shaxsiy xavfsizligidan xavotirga tushib, qurol-yarog‘ni g‘amlayotgani bilan tushuntirilmoqda. Shuningdek, amerikaliklar saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongudek bo‘lsa, qurolga egalik qilishga qo‘shimcha cheklovlar kiritilishidan xavotirlanishmoqda.

“Saylovlar doim savdolarga ta'sir ko‘rsatadi, chunki odamlar sarosimaga tushadilar. Bu holat odamlarni to‘pponchalari bo‘lmasa, uni sotib olishga undaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Arkanzasdagi qurol do‘konlaridan birining egasi Erin Latsha.   

Mavzuga oid
Top