14:21 / 30.10.2020
20831

Kattaqo‘rg‘on tumaniga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga yangi rahbar tayinlandi. U avvalroq kasallik oqibatida olamdan o‘tgan A'zamxon Bahromov o‘rnida ish boshlaydi.

Qilichbek Rahmonovich Xudoyberdiyev Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.

«O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 29 oktyabrdagi 153-Fk-sonli Farmoyishiga asosan, 2020 yil 29 oktyabrdan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarish Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xudoyberdiyev Qilichbek Rahmonovich zimmasiga yuklatildi», deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan buyon Kattaqo‘rg‘on tumaniga rahbarlik qilib kelgan A'zamxon Bahromov shu yilning 19 oktyabrida kasallik oqibatida vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top