17:38 / 02.11.2020
39322

Bir qator tumanlarda IIB boshliqlari o‘zgardi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Farhodbek Maxsudov

Podpolkovnik Farhodbek Maxsudov Andijon viloyati Andijon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F. Maxsudov Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

G‘olibjon Alimov

Podpolkovnik G‘olibjon Alimov Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar G‘. Alimov Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Murodjon Qunduzov

Podpolkovnik Murodjon Qunduzov Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M. Qunduzov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

Top