19:16 / 04.11.2020
12178

Oq uy yaqinida pichoqbozlik yuz berdi

Bir ayol va uch erkak jarohatlangan. Ular uch nafar gumondor tomonidan pichoqlangan.

Vashingtonda Oq uydan bir necha kvartal narida yuz bergan pichoqbozlik natijasida to‘rt kishi jabrlandi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bir ayol va uch erkak jarohatlangan. Ular uch nafar gumondor tomonidan pichoqlangan.

Jarohatlanganlar o‘zlarini Proud Boys ultrao‘ng guruhi a'zolari deb atashgan.

Ta'kidlashlaricha, ular Black Lives Matter harakati tarafdorlari bilan irqiy tenglik mavzusida tortishib qolishgan va pichoqbozlik yuz bergan. 

Mavzuga oid
Top