16:27 / 05.11.2020
3304

Emirates Airlines xodimlarini bir yilga haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqardi

Emirates Airlines iyun oyi boshlarida xodimlarini bo‘shatishni boshlagandi. Bunga koronavirus epidemiyasi tufayli chegaralarning yopilishi va parvozlarning to‘xtatilishi sabab bo‘ldi.

Foto: emirates.com

Emirates Airlines aviakompaniyasi haq to‘lanmaydigan ta'tillar va moslashuvchan ish jadvali bilan bog‘liq bir nechta variantlarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bayonotida ma'lum qilindi.

"Biz uchuvchilarning bir qismiga talab tiklanishigayoq ishga qaytish imkoniyati bilan 12 oy muddatga haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqishni taklif etganimizni tasdiqlaymiz", - deyiladi bayonotda.

Kompaniya haq to‘lanmaydigan ta'til davomida uy-joy, tibbiy sug‘urta va boshqa bonuslarni taqdim etishni davom ettiradi.

Emirates Airlines iyun oyi boshlarida xodimlarini bo‘shatishni boshlagandi. Bunga koronavirus epidemiyasi tufayli chegaralarning yopilishi va parvozlarning to‘xtatilishi sabab bo‘ldi. 2019 yil oxirlarida kompaniyadagi xodimlar soni 60 mingga yaqin edi.

Mavzuga oid
Top