17:12 / 05.11.2020
12329

Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi

Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Marat Xolmurodovich Shomurodov Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Bunga qadar u Uchquduq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasining avvalgi boshlig‘i Nurbek Ulug‘berdiyev edi.

Top