15:11 / 05.11.2020
7538

Tartibsizliklar tufayli Portlendga milliy gvardiya kiritildi

Politsiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Foto: RIA Novosti

Portlendda saylovlardagi soxtalashtirishlarga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi: namoyishchilar binolar oynalarini sindirib, politsiyachilarga shisha idishlar uloqtirishni boshlashdi. Maltnom okrugi sherifi ofisining ma'lum qilishicha, Oregon gubernatori Keyt Braun politsiyaga yordam berish uchun Portlendga milliy gvardiyani yuborgan.

Xabar qilinishicha, to‘qqiz kishi qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlarning ayrimlari yonidan o‘qlangan qurollar chiqqan.

Politsiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Portlendda besh oydan buyon irqchilikka qarshi namoyishlar o‘tkazib kelinayotgandi. 4 noyabr kuni namoyishchilar prezident saylovida ovozlar hisoblanishida g‘irromlikka yo‘l qo‘yilmasligini talab qilishgan.

Top