21:09 / 06.11.2020
3602

Tokiodo 5G texnologiyaga ega haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazildi

Yaponiya poytaxti Tokioda 5G texnologiya bo‘yicha ma'lumotlarni uzatish tizimi bilan jihozlangan haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazildi.

Foto nippon.com

The Japan Times nashrining xabar berishicha, haydovchisiz taksi mashinasi Sompo Japan Insurance Inc., KDDI Corp. va Tier IV Inc. firmalari tomonidan Sindzyuku tumani yo‘llarida sinovdan o‘tkazilgan. Haydovchisiz taksi 2022 yildan foydalanishga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Avtomobil kameralardagi tasvirlarni 5G texnologiyasi yordamida monitoring markaziga uzatadi. Bu esa mashinaning jadal harakatlanish sharoitida xavfsizligini ta'minlashda yordam beradi.

Avtomobilni ishlab chiqqan mutaxassislarning ta'kidlashicha, 4 kun davomida o‘tkaziladigan sinovlar taksining xavfsiz ekani, qulayligi va punktualligini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Sinovlar masofadan boshqaruv hamda haydovchi o‘rnida o‘tirgan odam kuzatuvi ostida o‘tgan.  

“Men o‘zimni do‘stim mashinasida o‘tirgandan ko‘ra xavfsizroq his qildim”, deb aytgan sinovlarda qatnashgan Tokio vitse-gubernatori Manabu Miyasaka.

Top