08:09 / 07.11.2020
6026

O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining aksariyati nechta bolali ekanligi ma'lum qilindi

Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan joriy yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 74,2 foizni tashkil etdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan:

  • bir bolalilar - 23,0 foiz;
  • ikki bolalilar - 27,1 foiz;
  • uch bolalilar - 16,9 foiz;
  • to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,2 foiz uy xo‘jaliklarida kuzatilgan.

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 25,8 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.

Ma'lumot uchun, 2000 yilda 81,4 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 18,6 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lmagan.

Top