13:00 / 08.11.2020
8904

Xitoyda ilk bor xususiy raketa orbitaga uchirildi 

Xitoyda tijoriy foydalanish uchun mo‘ljallangan yangi xususiy raketa CERES-1‘ning ilk parvozi amalga oshirildi.

Foto: russian.people.com.cn

“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, raketa Xitoyning shimolida joylashgan Tszyutsyuan kosmodromidan uchirilgan.

CERES-1 kichik o‘lchamdagi raketa-tashuvchi bo‘lib, u orbitaga kichik o‘lchamli sun'iy yo‘ldoshlarni chiqara oladi. Raketa Galactic Energy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Raketa Yerga yaqin orbitaga 350 kggacha va 700 km balandlikdagi quyosh-sinxron orbitasiga 230 kggacha yuk olib chiqa oladi.

Raketa ilk parvozi doirasida “Tyansi” sun'iy yo‘ldoshlar guruhining 11-sun'iy yo‘ldoshini belgilangan orbitaga chiqargan. 

15 sentyabrda Xitoy Sariq dengizdagi platformadan birinchi marta raketani orbitaga uchirgandi. “Chanchjen-11” raketasi yordamida orbitaga “Tszilin-1 Gaofen 03-1” sun'iy yo‘ldoshlar guruhiga kiruvchi 9 ta fazoviy qurilma chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top