16:39 / 09.11.2020
7756

Baydenni “korrupsiyachi” deb atagan Estoniya ichki ishlar vaziri iste'foga chiqishini aytdi

8 noyabr kuni TRE radiostansiyasi efirida ichki ishlar vaziri Mart Xelme Jozef Bayden va uning o‘g‘li Hanterni "korrupsiyalashgan nusxalar" deb atagan, moliya vaziri Martin Xelme esa AQSh prezidenti saylovi natijalari soxtalashtirilganini aytgandi.

Foto: Remo Tõnismäe/Scanpix Baltics Pictures/Reuters

Estoniya ichki ishlar vaziri, konservativ xalq partiyasi raisi o‘rinbosari Mart Xelme iste'foga chiqayotganini ma'lum qildi.

"Kecha estoniyalik siyosatchilarning tuhmat va yolg‘onlarini ko‘rgach, iste'foga chiqishga qaror qildim. Men shunchaki to‘ydim. Xavfsizlikka tahdid soladigan hech narsa qilmadim, Amerikadagi barcha erkin ommaviy axborot vositalari aytganidan boshqa narsa aytmadim", - dedi u matbuot anjumanida.

8 noyabr kuni TRE radiostansiyasi efirida u Jozef Bayden va uning o‘g‘li Xanterni "korrupsiyalashgan nusxalar" deb atagan, moliya vaziri Martin Xelme esa AQSh prezidenti saylovi natijalari soxtalashtirilganini aytgandi.

Estoniya bosh vaziri Yuri Ratas keyinroq ularning bu gaplarini bema'nilik degan va "Estoniya va AQSh munosabatlariga putur yetkazishni zudlik bilan bas qilish"ga chaqirgandi. Mamlakat prezidenti Kersti Kalyulayd bu bayonotlar sababli mudofaa bo‘yicha kengashni chaqirishini ma'lum qildi.

AQShda 3 noyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Amerikadagi yetakchi ommaviy axborot vositalari Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qildi. Tramp mag‘lubiyatini tan olmadi.

Top