10:49 / 10.11.2020
49817

MIB tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Namangan viloyatida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mahalliy tadbirkordan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yil tadbirkorga qarashli MChJ faoliyati soliq idoralari tomonidan tekshirilib, soliq qarzdorligi aniqlangan va uni undirish uchun to‘plangan hujjatlar MIBga yuborilgan. 

MIBning tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari esa 3 ming AQSh dollari evaziga qarzdorlikni yopishini aytib, vositachi orqali tadbirkordan muqaddam 1000 AQSh dollari va 2,2 mln so‘m pul mablag‘larini olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top